Funksiyaning eng katta va eng kichik qiymatlari

y=f(x) funksiyaning [a;b] kesmadagi eng katta va eng kichik qiymatlarini topish:

1) y=f(x) funksiyaning y=f(a) va y=f(b) qiymatlari topiladi. 

2) y=f'(x)=0 tenglamaning ildizlari topiladi va bu ildizlardan [a;b] kesmaga tegishlisi, masalan x=x1, x1 tegishli [a;b] tanlab olinadi. 

3) y=f(x1) hisoblanadi, so'ngra y=f(a), y=f(b) va y=f(x1) qiymatlardan funksiyaning eng katta yoki eng kichik qiymatlari aniqlanadi. 